Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri  ovqatlanishni tashkil etishning zamonaviy holati va istiqbollari

29-aprel 2024
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 26-aprel kuni Kimyo-biologiya fakulteti Fiziologiya kafedrasi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri  ovqatlanishni tashkil etishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Anjumanda respublikamiz va Rossiya, Amerika kabi xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarining taniqli olimlari, soha mutaxassislari, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Yalpi majlisda “Sog‘lom ovqatlanish fiziologiyasining dolzarb muammolari va yechimlari”, “Nekotoriye aspekti ekologii pitaniya v Tashkente”, “Qashqadaryo viloyatida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarning barvaqt aniqlash va ularni oldini olish to‘g‘risida”, “Biostimulyatorlarning hayvonlar immun tizimiga ta’siri” va “Prinsipi pravilnogo pitaniya”  kabi qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Anjuman ishi sho‘ba yig‘ilishlarida davom ettirildi. Yakunda muhokama etilgan mavzu yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.